Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Kiyevdagi vakolatxonasini vaqtinchalik yopdi
Vakolatxona xodimlari Bryussel va Lvovga ko‘chirildi.
Foto: Reuters
NATO Kiyevdagi ofisini vaqtinchalik muddatga yopdi. Bu haqda Norvegiyaning VG kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, xodimlar Bryussel va Lvovga ko‘chirildi.
"Xodimlarimiz xavfsizligi yuqori o‘rinda turadi, shu sababli ular Lvov va Bryusselga ko‘chirildi. Shu tarzda NATOning Ukrainadagi ofisi hali ham faoliyat ko‘rsatmoqda", - deb ma’lum qilgan NATO kanal so‘roviga javoban.
Avvalroq, Buyuk Britaniya elchixonasi Kiyevdan Lvovga ko‘chirilishi aytilgandi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ehtimoli bois AQSh o‘z elchixonasini Lvovga ko‘chirgan.
Kanada, Avstraliya va Niderlandiya ham o‘z elchixonalarini Kiyevdan Lvovga ko‘chirishini e’lon qilgan. Germaniya Ukraina sharqidagi Dnepr shahrida joylashgan bosh konsulxonasini Lvovga ko‘chirgan.
Mavzuga oid
15:52
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
15:27
Zelenskiy Davosga safari xavfsizlik kafolatlariga bog‘liqligini aytdi
15:01
Yevroparlament Ukraina uchun YeI kreditini shoshilinch tartibda ko‘rib chiqishni ma’qulladi
13:59