Jamiyat | 00:41 / 19.02.2022
113315
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent ko‘chalarida yurgan «ajnabiy» kiyimdagilar kim ekani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy kiyingan, xorijiy film qahramonlarini eslatuvchi odamlar poytaxt ko‘chalarini kezib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan ushbu holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Bayonotda ajabtovur kiyimdagi shaxslar «Zo‘rTV» telekanali ijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan yangi ko‘rsatuv qahramonlari ekani, ularning videolari fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, internetda tarqatilgani ta’kidlanadi.

Foto: Videodan kadr

«Film personajlari aks etgan videolar ko‘plab fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi. Ushbu kadrlar «Zo‘rTV» telekanalining yangi – «O‘g‘irlangan niqob» dasturi uchun tasvirga olingan. Shu munosabat bilan ijodiy guruh jamoat joylariga chiqarilgan. Ba’zi yurtdoshlarimiz buni boshqacha talqin qilgan. Yaqin kunlarda «O‘g‘irlangan niqob» dasturi «Zo‘rTV» telekanalida efir yuzini ko‘radi», deb telekanal xodimlaridan birining izohini keltirgan Toshkent shahar IIBB.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarni odamlar o‘rtasida sarosima keltirib chiqaradigan, asossiz ma’lumot tarqatmaslikka chaqirgan.

Mavzuga oid