19 aprel kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida noma’lum erkak köçada ketayotgan öquvçi qizga taşlangan, söngra voqea joyidan qoçib ketgan.
“Sukut saqlama” loyihasi tomonidan e’lon qilingan videoda erkak ortdan kelib qizning oğzini qöli bilan yopgani, quçoqlagani, qiz esa unga qarşilik körsatib yerga ötirib qolgani körinadi. Erkak qoçib ketgan, qiz nima bölganini anglab yetmasdan uning ortidan qarab qolgan, keyin ötirib yiğlagan.
“Millar” dasturi ijodkorlari jabrlanuvçining otasi, qöşnilari va ustozlaridan intervyu oldi.
Qizning otasi voqeani tongda rafiqasidan eşitganini, şundan söng IIBga murojaat qilganini aytdi. Uning sözlariga köra, ayni paytda qizi kuçli stress holatida.
“Qizim maktab öquvçisi. 19 aprel kuni darsdan qaytayotganda orqa tomondan notaniş fuqaro kelib, qizimning oğzini berkitib, böynidan böğib yiqitgan. Qizim hozir stress holatda. Videoda qarasangiz orqada kelayotganida körmay qolgan, [u odamni] tanimaydi. Yaxşi ham baqirgani uçun qoçib ketgan, heç narsasini olmagan. Tuman IIBga borib, murojaat qildim. Öşa bolaga nisbatan qattiq çora körişlarini sörab qolardim”, — deydi qizning otasi.
“Töğri, hammamiz juda şokka tuşdik. Hozir psixologlar kelişdi, qiz bilan işlaşyapti. Özim ham suhbatlaşdim. Ozroq qörqqan, lekin hammasi joyida, xudoga şukr. Videodagi yigitni özim ham kördim, lekin tanimadim”, deydi “Inoqobod” MFY raisi Nursuluv Sabikova.
“[Bölgan voqeani eşitib] oyoq-qölim qaltirab qoldi. Unaqa narsa bölişini kutmovdim. Bizning ham qizlarimiz, yoş bolalarimiz bor. Şu bois bu kabi voqealarga jiddiy e’tibor qaratiş kerak. Qöşnilar bilan hammamiz xavotirdamiz”, deydi jabrlanuvçining qöşnisi.
“Hozirgi kunda qizimiz 11-sinfda öqiydi. Bu öquvçimiz sinfdoşlari içida ham juda faol, liderlardan. Maktabga borib, soat 10:00larda ÖzMU matematika fakultetida bölib ötgan olimpiadada qatnaşib, uyiga qaytayotganda – özi yaşaydigan mahallaning köçasida şu holat yuz bergan”, deydi jabrlanuvçi tahsil oladigan maktab xodimi (u “Millar”ga bergan intervyusida şaxsi oçiqlanişini istamagan).
Toşkent şahar IIBBga köra, voyaga yetmagan qizga taşlangan erkak bir sutkaga ham bormay qölga olingan, bu işni Oqdaryo tumanida yaşovçi Ozod O. ismli şaxs sodir etgani







