Toshkentda tungi klublarning biri oldida yuz bergan janjalda PPX xodimi jarohat oldi

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir necha fuqaro ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 22 fevral kuni, taxminan, soat 23:30 larda Yunusobod tumanida joylashgan tungi klublardan birining oldida besh nafar (33 yoshli B.X., 32 yoshli N.Yo., 33 yoshli Sh.J., 50 yoshli M.I. va 32 yoshli Sh.O.) shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, jamoat joyida mast holatda baqir-chaqir qilib, fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.
Hodisa joyiga mazkur hududga jalb qilingan PPX xodimlari yetib kelib, ushbu fuqarolarni tinchlantirib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida tuman IIO FMBga borishlarini taklif qilishgan. Biroq fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Natijada PPX inspektori D.Tolipov jarohat olgan.
«Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Yunusobod tumani prokuraturasiga taqdim etilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi
Jahon | 07:26
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
Mavzuga oid

20:34 / 20.04.2025
Mast holda rulga o‘tirganlar, «zakladchik»lar va imtihondan o‘tolmayotgan haydovchi – tungi reydda kimlar ushlandi?

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

20:29 / 08.04.2025
Dominikan poytaxtidagi tungi klub tomi konsert vaqti qulab tushdi. Kamida 27 kishi halok bo‘ldi

17:54 / 17.03.2025