Xabar qilinişiça, 14 sentabr kuni Yunusobod tumani Markaz-5 dahasida joylaşgan dökonlardan birida ozuqaviy qöşimçalar (sport bilan şuğullanuvçilarga möljallangan vitaminlar, minerallar va boşqa mahsulotlar) tekinga tarqatilişi haqida mazkur dökonning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon berilgan.
Uşbu e’lon asosida köplab fuqarolar dökon oldida töplangan. Biroq dökon egalari tomonidan bu kabi ommaviy tadbirni ötkaziş haqida tegişli taşkilotlardan ruxsat olinmagan.
Hodisa joyiga yetib kelgan içki işlar organlari xodimlari tomonidan vaziyat nazoratga olingan va fuqarolar tarqatilgan, heç kim tan jarohati olmagan.
“Mazkur holat yuzasidan dökon egalarining harakatlariga huquqiy baho beriş maqsadida Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. Yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’milanadi”, deyiladi Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabarida.







