Ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy kiyingan, xorijiy film qahramonlarini eslatuvçi odamlar poytaxt köçalarini kezib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Toşkent şahar IIBB jamoatçilik örtasida muhokamalarga sabab bölgan uşbu holat böyiça munosabat bildirdi.
Bayonotda ajabtovur kiyimdagi şaxslar «ZörTV» telekanali ijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan yangi körsatuv qahramonlari ekani, ularning videolari fuqarolar tomonidan tasvirga olinib, internetda tarqatilgani ta’kidlanadi.

«Film personajlari aks etgan videolar köplab fikr-mulohazalarga sabab böldi. Uşbu kadrlar «ZörTV» telekanalining yangi – «Öğirlangan niqob» dasturi uçun tasvirga olingan. Şu munosabat bilan ijodiy guruh jamoat joylariga çiqarilgan. Ba’zi yurtdoşlarimiz buni boşqaça talqin qilgan. Yaqin kunlarda «Öğirlangan niqob» dasturi «ZörTV» telekanalida efir yuzini köradi», deb telekanal xodimlaridan birining izohini keltirgan Toşkent şahar IIBB.
Toşkent şahar IIBB fuqarolarni odamlar örtasida sarosima keltirib çiqaradigan, asossiz ma’lumot tarqatmaslikka çaqirgan.
















