Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putinga uchrashishni taklif qildi
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina urushni tugatish uchun istalgan shaklda va istalgan joyda muzokara o‘tkazishga tayyor.
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uchrashishni taklif qildi. U bu taklifni Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada bildirdi.
"Men Rossiya prezidenti nima xohlayotganini bilmayman, shuning uchun uchrashishni taklif qilaman", – dedi Zelenskiy.
U shuningdek, Ukraina urushni tugatish uchun istalgan shaklda va istalgan joyda muzokara o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
"Parij, Berlin, Minsk, Istanbul, Jyeneva, Bryussel, Nyu-York yoki Pekin – menga Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha dunyoning qaysi nuqtasida kelishishning farqi yo‘q. To‘rtta, yettita yoki yuzta mamlakat ishtirok etishi ham ahamiyatsiz – asosiysi, ular orasida Ukraina va Rossiya bo‘lishi kerak", – dedi Ukraina rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik nafaqat Ukraina, balki butun dunyoga kerak.
"Hech kim Ukrainani G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qulay va "abadiy" bufer deb o‘ylamaydi degan umiddaman. Bu hech qachon bo‘lmaydi, bunga hech kim yo‘l qo‘ymaydi", – dedi Zelenskiy.
Avvalroq Ukraina prezidenti jurnalistlar bilan suhbat davomida Vladimir Putin bilan “istalgan shaklda” uchrashishga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:33
Putin va milliarderlarning yopiq uchrashuvi tafsilotlari ochiqlandi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026