Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari kamaydi
O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» 34,42 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2022 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 34,42 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 35,13 mlrd dollar bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari qariyb 714 mln dollarga kamayganini ko‘rsatmoqda.
Yanvar oyi davomida oltinning fizik hajmi o‘zgarmagan – 11,4 mln troya unsiya (taxminan 354,5 tonna). Ammo uning qiymati 20,94 mlrd dollardan 20,77 mlrd dollarga pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari 13,07 mlrd dollardan 12,54 mlrd dollarga yoki 532 mln dollarga kamaygan.
Zaxiralar mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» ham hisoblanadi – ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur. Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.
Mavzuga oid
11:13 / 21.01.2026
Firibgarlar rasmiylashtirgan onlayn kreditlar bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
20:16 / 17.01.2026
“Yangi bank”ni tugatish komissiyasi ish boshladi
11:59 / 15.01.2026
Yangi bank'ning litsenziyasi bekor qilindi
19:58 / 14.01.2026