Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina haqiqiy dekommunizatsiyani xohlayotgan bo‘lsa, biz buni ko‘rsatamiz – Putin
Foto: RBK
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassdagi vaziyat borasida rossiyaliklarga murojaat qildi.
U murojaatida vaziyatni keskin deb baholadi.
Rossiya prezidenti tarixni tilga olib, zamonaviy Ukrainaga 1917 yildan keyin kommunistik Rossiya tomonidan asos solinganini ta’kidladi.
«Shu bilan birga [Vladimir] Lenin va uning safdoshlari bu ishni qo‘pol usulda, hududlarni bo‘lish hisobiga amalga oshirgan. U yerda yashovchi aholidan hech kim hech narsani so‘ramagan», — dedi Putin.
Putin Leninni «Ukrainaning me’mori» deb atadi va bu davlatni hozir ham «Vladimir Ilich Lenin nomidagi Ukraina» deyish mumkinligini aytdi.
Rossiya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bolshevistik siyosat natijasida kommunistik Ukraina paydo bo‘lgan.
«Agar bolsheviklar yaratgan Ukraina haqiqiy dekommunizatsiyani xohlasa, Rossiya buni ko‘rsatadi», dedi Vladimir Putin.
Mavzuga oid
15:52
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
15:27
Zelenskiy Davosga safari xavfsizlik kafolatlariga bog‘liqligini aytdi
15:01
Yevroparlament Ukraina uchun YeI kreditini shoshilinch tartibda ko‘rib chiqishni ma’qulladi
11:05