O‘zbekiston | 13:23 / 23.02.2022
12762
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident bolalarni bog‘chaga ikki yoshdan qabul qilish masalasiga to‘xtaldi

Mo‘ynoqdagi uchrashuv chog‘ida olis Hakim ota ovulidan tashrif buyurgan maktabgacha ta’lim sohasi vakili Baxtigul Kitaybekova maktabgacha ta’lim tashkilotlari masalasida davlat rahbariga murojaat qildi.

“Biz Mo‘ynoqdan 70 km naridagi ovulda yashaymiz. Ovulimizda ikki qavatli bog‘cha qurdik va nomini “Adolat” deb qo‘ydik. Bog‘chamizdagi sharoit Toshkent shahrida ham yo‘q bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qolaman. Sizdan bir iltimos, hech bo‘lmasa olis hududlar uchun bolalarni bog‘chaga 3 yoshdan emas, 2 yoshdan olishga ruxsat bersangiz”, – dedi Baxtigul Kitaybekova.

“Maktab o‘quvchilariga bepul ovqat tashkil qilish rejamiz bor edi, mana, sizlarda shuni amalga oshirdik. Bu bilan birga bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilish mening ham niyatim. Lekin hali ozroq vaqt bor. Iqtisodimizni salgina mustahkamlab olishimiz bilan bu ishni amalga oshiramiz. Agar hozir faqat Qoraqalpog‘iston uchun buni yo‘lga qo‘ysak, boshqa hududlarga nisbatan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin bu masala diqqat markazimda turadi”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid