O‘zbekiston | 11:36 / 24.02.2022
1314
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda MChJga ajratilgan yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Ular MChJga ajratilgan 3 gektar yerni 9 ming dollarga sotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda DXX Yangiyer shahar bo‘limi bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqarolar T.N., B.A. va boshqalar “Y.B.” MChJga investitsiya kiritish majburiyati bilan “Navro‘zobod” MFY hududidan parrandachilik fermasini qurish maqsadida ajratilgan 3 gektar yerni fuqaro S.ga 9 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Xovos tumanida o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga ijara asosida berilgan 15 gektar yaylov yer maydonini 38 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlangandi.

Mavzuga oid