Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtobus oraliq bekatlari namunaviy dizayn asosida tashkil etiladi
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Toshkent shahrida avtobus bekatlari namunaviy loyihasini yo‘lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda mazkur bekatlar joylashtiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
Quyidagilar:
- Toshkent shahridagi avtobus oraliq bekatlari namunaviy loyihasi;
- avtobus bekatlari joylashtiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi nizom;
- avtobus bekatlari joylashtiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish mexanizmi tasdiqlanadi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Transport boshqarmasi, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va tuman hokimliklari Toshkent shahri hududidagi mavjud avtobus bekatlari joylashtiriladigan hududlarni xatlovdan o‘tkazib, avtobus oraliq bekatlari ro‘yxatini shakllantiradi.
Ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida Toshkent shahridagi 280 ta avtobus bekatlari 2022 yil yakuniga qadar elektron onlayn auksion savdolariga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026