Bayden Ukrainaga zudlik bilan 600 mln dollar ajratilishini e’lon qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden davlat kotibi Entoni Blinkenga Ukrainaga zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish huquqini beruvchi memorandum imzoladi. Tegishli hujjat Oq uy tomonidan e’lon qilindi.
«Ukrainaga zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish maqsadida davlat kotibiga quyidagi vakolatlarni topshiraman: AQShning 250 million dollargacha bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatishi mamlakat xavfsizlik manfaatlari uchun muhimligini aniqlash vakolati, Mudofaa vazirligining mudofaa mahsulotlari va xizmatlari ko‘rinishida umumiy qiymati 350 million dollargacha bo‘lgan mablag‘larni yuborish vakolati», deyiladi hujjatda.
Jo Bayden ma’muriyati AQSh Kongressi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga Vashington javob choralarini ko‘rish uchun dastlab 6,4 milliard dollar ajratishini istamoqda, deb yozadi AP.
Mablag‘lar birinchi navbatda mintaqaga harbiy va gumanitar yordam uchun yo‘naltirilishi kerak, deya xabar bergan so‘rovdan xabardor uch nafar manba.
Eng katta summani Pentagon, Davlat departamenti, shuningdek, tinch aholi ehtiyojlariga yordam tarqatuvchi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) oladi. Kichikroq mablag‘lar Vashingtonning sanksiyalarga javobini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan Moliya vazirligi va Savdo vazirligiga beriladi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi fonida amerikaliklarga murojaat qilgandi.
«Putinning nutqini tomosha qildim, uning maqsadi SSSRni tiklash. Putin – agressor. Biz jasur ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Bayden.
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
16:25 / 09.11.2024