O‘zbekiston | 15:10 / 26.02.2022
14366
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi

26 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Turkiya xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali hamkorligi barqaror va jadal sur’atda rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda, o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari o‘smoqda. Ikki mamlakat yetakchi hudud va korxonalarining kooperatsiyasi kengaymoqda, birgalikda qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. Muhim madaniy-gumanitar dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Strategik hamkorlik bo‘yicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid