Jahon | 10:29 / 26.02.2022
56905
5 daqiqa o‘qiladi

Urushning ikkinchi kuni oqibatlari. Suratlar

24 fevralga o‘tar kechasi Vladimir Putin «Donbass aholisini himoya qilish» maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» boshladi va rossiyalik harbiylar Ukraina hududiga bostirib kirishdi. Ikki kunlik janglardan keyin rossiyaliklar armiyasi bir necha yo‘nalishlarda ilgarilab, Kiyevga yaqinlashdi. Shaharda mudofaaga ko‘mak berishga tayyor bo‘lgan ko‘ngillilarga qurol tarqatishmoqda. Harbiy harakatlarning uchinchi kuniga kelib Ukrainani tark etishga majbur bo‘lganlar soni 100 mingdan oshgan. Quyidagi materialda urushning ikkinchi kunida olingan suratlar jamlandi.

Kiyevdagi vayron bo‘lgan uy. Foto: AR/TASS

Kiyev atrofidagi hududdagi havo zarbalari oqibatlari. 2022 yil 25 fevral
Foto: Daniel Leal / AFP / Scanpix / LETA

So‘nggi soatlardagi asosiy ma’lumotlar

  • Kiyevda jang ketmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy mudofaaga rahbarlik qilmoqda. Rasmiylar o‘tgan tunda 60 nafardan ortiq diversant yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
  • Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida rus harbiylarining Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi, Xitoy qo‘shilmadi.
  • YeI Rossiya rahbariyatining 98 vakiliga sanksiya qo‘llagan. Ular orasida — Vladimir Putin, Mixail Mishustin, Sergey Lavrov, Dmitriy Medvedev, Vladimir Kolokolsev bor. Shuningdek banklar, aviaqurilish va kosmik sektordagi kompaniyalar sanksiyalar ostida.
  • AQSh Putin, Lavrov, Shoygu va RF Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi.
  • Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi  Kiyevs oblastida rossiyalik desantchilar bo‘lgan Il-76 samolyoti urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Anonymous hakerlar guruhi RF mudofaa vazirligi ma’lumotlar bazasiga kirishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
  • Rossiyada urushga qarshi o‘tkazilayotgan aksiyalar davomida 25 fevral kuni yana 500dan ortiq kishi qo‘lga olindi. Bir kun oldin bundaylar soni mingdan oshiq bo‘lgandi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi birorta yo‘qotishini tan olmayotganiga qaramay juda ko‘plab rus askarlari jang maydonida halok bo‘lmoqda va yaralanib asirga tushmoqda.
Kiyev tashqarisidagi turar joy binosi 
Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevga kirishda o‘rnatilgan tanklarga qarshi to‘siqlar
Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images
Chegara o‘tkazuv punktida avtomobillarning tekshirilishi
Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images
Kiyevdagi otishmalar chog‘ida yaralangan ukrain askari
Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlar formasidagi harbiy xizmatchi Kiyev chekkasidagi Obolon rayonida. Ukraina IIV ukrain harbiylari ushbu hududda UQK formasini kiyib olgan rus bosqinchilari yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.
Foto: Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Slovakiya bilan chegaraga olib boruvchi yo‘l. Urushning ikki kuni davomida Ukrainani 100 mingdan ortiq kishi tark etdi
Foto: Peter Lazar / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik qochqinlar Slovakiya bilan chegarani kesib o‘tmoqda
Foto: Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Vengriya bilan chegarada turgan qochqinlar
Foto: Janos Kummer / Getty Images
Bosib olingan Qrim osmonida uchayotgan rus vertolyoti
Foto: EPA / Scanpix / LETA
Kiyevda urib tushirilgan rus samolyoti qoldiqlari oldida turgan ukrain harbiy xizmatchilari
​​​​Foto: Oleksandr Ratushniak / AP / Scanpix / LETA
Urib tushirilgan samolyot qoldiqlari. Foto: AR/TASS
Mariupoldagi hujumlar vaqtida shikastlangan avtomobil. Foto: AR/TASS
Xarkovga kelib tushgan raketalar. 
Foto: Vyacheslav Madiyevskyy/ Ukrinform/Future Publishing via Getty Images
Ukrain harbiylari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR nazoratidagi Gorlovkani o‘qqa tutmoqda
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Gorlovka o‘qqa tutilishi oqibatida maktab ishchisi halok bo‘ldi
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
DXRdagi avtobus bekatiga o‘rnatilgan Rossiya bayrog‘i
Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Artilleriya zarbalari kelib tushgan maktab hududi
​​​​​​Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Gorlovkada uyiga zarba kelib tushgan ayol. Foto: Aleksandr Ryumin/TASS
Xarkov atrofidagi janglarda yakson qilingan rus tanki va boshqa harbiy texnikalar
Foto: Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkov yaqinida yotgan rus harbiy xizmatchisi jasadi
Foto: Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Kiyev mudofaasiga hozirlanmoqda
Foto: Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilardan biri. Ukraina hukumati Kiyev aholisiga bir necha ming avtomat tarqatdi
Foto: Mikhail Palinchak / Reuters / Scanpix / LETA
Odamlar tura joylar yerto‘lasida portlashlardan jon saqlamoqda
Foto: Yuliia Ovsiannikova / Ukrinform / Zuma / Scanpix / LETA
Yerto‘lada jon saqlayotgan kiyevliklar. Foto: AR/TASS
Ukrainalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan askar jasadini olib ketmoqda
Foto: Daniel Leal / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev markazi. Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevdagi ko‘priklardan birini qo‘riqlayotgan ukrain harbiylari
Foto: Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid