Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Ukrainaga NATO orqali qurol yuboradi
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mamlakat Ukrainaga qurol-yarog‘ bo‘yicha yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda siyosatchi hukumat yig‘ilishidan keyin e’lon qildi.
Morrisonning aytishicha, Kanberra Ukrainaga NATOdagi ittifoqchilari orqali qurol yetkazib beradi.
«Biz hozirgacha ham yordam berib kelayotgandik, ammo hozirgina mudofaa vaziri bilan gaplashdim va biz AQSh, Britaniya kabi NATOdagi ittifoqchilarimiz orqali Ukrainaga jangovar qurollar yetkazib berish uchun hamma ishni qilamiz. Biz aynan AQSh va Britaniya orqali ishlaymiz», dedi Morrison.
Avstraliya nashrlarining yozishicha, mamlakat Ukrainaga qurol yetkazib berishni moliyalashtirish orqali yordam bermoqchi.
Oldinroq Fransiya Ukrainaga ko‘proq qurol yubormoqchi ekanini ma’lum qilgandi. Germaniya esa 1000 ta tankka qarshi qurol, 500 ta Stringer mudofaa raketasi yuborishini e’lon qildi.
Shuningdek, Germaniya o‘zida ishlab chiqarilgan 400 ta tank hujumiga qarshi qurol Niderlandiya tomonidan Ukrainaga yuborilishiga rozilik berdi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
17:21 / 12.06.2026