Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov sanksiyalar bois BMT yig‘ilishiga bora olmasligi ma’lum qilindi
YeI Rossiyaga qarshi aviatsion sanksiyalar kiritgani sababli Lavrovdan qator hujjatlarni rasmiylashtirish talab qilingan. Rossiya tomoni bu talabni bajarishdan bosh tortgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shveytsariyaning Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishiga bora olmaydi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
YeI Rossiyaga qarshi aviatsion sanksiyalar kiritgani sababli Rossiya vaziridan qator hujjatlar rasmiylashtirish talab qilingan. Rossiya tomoni bu talabni bajarishdan bosh tortgan.
"Bunday inqirozli vaqtda a’zo mamlakatlarning faoliyatini ta’minlash Birlashgan Millatlar Tashkiloti va tadbir o‘tkazayotgan mamlakatning majburiyati hisoblanadi", - dedi Zaxarova.
Avvalroq Rossiya samolyotlariga Yevropa Ittifoqi havo kengliklari yopilgandi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qarshi personal sanksiyalar e’lon qilingan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026