Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zligimizni yo‘qotmasligimiz shart» - Shavkat Mirziyoyev ayrim seriallarni tanqid qildi
Telekanallarda efirga uzatilayotgan ayrim seriallar tanqid qilinib, xotin-qizlar obrazi salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani dunyoqarashi hali shakllanmagan qizlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.
1 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev telekanallarda efirga uzatilayotgan ayrim seriallarni tanqid qildi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning yozishicha, «yig‘ilishda bugun seriallarda xotin-qizlar obrazi juda yuzaki, salbiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotgani yurtdoshlarimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aytilgan».
«Eng achinarlisi, bunday holatlar dunyoqarashi hali shakllanmagan qizlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi», deyiladi xabarda.
Mutasaddilarga ibratli xotin-qizlar obrazlari aks ettirilgan yuksak badiiy, kino va sahna asarlari yaratish choralarini ko‘rish, buning uchun ijodkorlarga maqsadli grantlar ajratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
«Shu o‘rinda, oqila qizlarimizga ko‘nglimdagi bir fikrni aytmoqchiman. Bugun biz ochiq jamiyatda yashayapmiz. Bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirishimiz kerak. Lekin, milliy qiyofamizga putur yetkazadigan illatlardan ehtiyot bo‘lishimiz, o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz shart», dedi davlat rahbari.
Ibo-hayo, poklik, sabr, shukronalik, ilmga intilish singari ezgu qadriyatlarni targ‘ib qiladigan mobil ilovalar va internet platformalarini yaratish muhim ekani ta’kidlandi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026