Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokistonga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Ikkitomonlama muzokaralarda strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3−4 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.
Eng avvalo, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Pokiston prezidenti Orif Alviy, ushbu mamlakat idoralari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026