Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent mahallalaridagi turar joy binolarida rasm va murallar paydo bo‘ladi
Toshkent shahar hokimligida “Mahallada duv-duv gap: Mahallalar devorlaridagi rasmlar” loyihasining taqdimoti bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Yangi loyiha Toshkentning 12 ta tumanidagi mahallalarda joylashgan turar joy binolari, ijtimoiy obektlar, zinapoyalar va boshqa binolarda vizual timsollarni (rasmlar, murallar, grafika va hk.) yaratishga bag‘ishlangan.
Qayd etilishicha, matbuot anjumanining maqsadi - nafaqat savollarga javob berish, balki ishtirokchilardan mos keladigan manzillar, rasmlarning syujyeti va mavzulari, ishtirok etish qoidalari, reglament va loyihaning boshqa muhim jihatlari yuzasidan maslahat olish.
Ma’lumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan Do‘stlik mahallasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan “Do‘stlik ramzi” muraliga e’tibor qaratgandi.
“Nega hamma yoqqa shunday qilmaysizlar? Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi”, — degan Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev mas’ullardan bu kabi murallar qachondan boshlanganini so‘ragan. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi devoriy murallar 2021 yilning bahoridan chizila boshlanganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026