Jahon | 10:55 / 02.03.2022
54477
4 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi urush. Oltinchi kun suratlari

Urushning oltinchi kuniga kelib Rossiya armiyasi Xarkov va Kiyevni artilleriyadan o‘qqa tutishni kuchaytirdi. Ukraina tomoni tinch aholi orasida o‘nlab qurbonlarni qayd etdi. Rossiyalik harbiylar Kiyevni o‘rab olishda davom etmoqda, shahar ko‘chalarida barrikadalar qurilgan va mudofaaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga «yangi maxsus tartib» asosida «zudlik bilan» qabul qilinishi bo‘yicha ariza topshirgan, YeIning sakkiz mamlakati rahbarlari Ukrainaga nomzod mamlakat maqomi berishga chaqirgan. Quyidagi materialda urushning oltinchi kunidagi vaziyatni ifoda etuvchi suratlar.

Tinch aholi Kiyev shimolidagi portlatilgan ko‘prik bo‘ylab o‘tmoqda
Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

So‘nggi soatlarning asosiy voqealari:

  • Bayden Amerika qo‘shinlari Ukrainada jang qilmasligini, biroq Yevropadagi NATO ittifoqchilarini himoya qilishini aytdi;
  • AQSh havo hududini Rossiyadan kelayotgan samolyotlar uchun yopdi;
  • ExxonMobil kompaniyasi «Saxalin-1» loyihasidan chiqishni boshladi;
  • Boeing Rossiya aviakompaniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi;
  • Kanada Dmitriy Medvedev, Sergey Sobyanin, Aleksandr Beglov va boshqa bir qator yuqori martabali rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalar kiritdi;
  • Mordoviya rahbari Artem Zdunov Ukrainada vafot etgan polkovnik Viktor Isaykin haqida ma’lum qildi;
  • Ford Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi;
  • 160 dan ortiq Nobel mukofoti laureati Ukrainaga bosqinni to‘xtatish talabi bilan ochiq xat imzoladi.
Kiyev yaqinidagi Brovari shahrida portlash oqibatlari
Foto: Yefrem Lukatskiy / AP / Scanpix / LETA
DXR nazoratidagi Nikolayevka posyolkasi yaqinida isinayotgan jangchilar 
Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
1 mart tongida Xarkov shahri ma’muriyati binosiga zarba berildi. Ukraina rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, xarobalar ostidan olti kishi jasadi olib chiqilgan
Foto: Pavel Dorogoy / AP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan ma’muriyat binosining ichki ko‘rinishi
Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkovning o‘qqa tutilishi oqibatlari
Foto: Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Xarkov aholisi gumanitar yordam to‘plamoqda. ​​​​​​Foto: Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev markazidagi blokpost. Shahar mudofaaga tayyorlanmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb jurnalistlariga intervyu bermoqda
Foto: Umit Bektas / Reuters / Scanpix / LETA
Onalar va bolalar Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi yerto‘lasiga yashiringan
Foto: Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Ko‘ngillilar Ukraina askarlari uchun kamuflyaj to‘rlari tayyorlamoqda. Lvovdagi Ivanychuk nomidagi kutubxona
Foto: Ethan Swope / Bloomberg / Getty Images
Kiyevning tinch aholisi narsalarini olib trevoga sirenalari ostida vokzal tomon chopmoqda
Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylari Kiyev teleminorasiga raketa zarbasi yo‘lladi; rasmiy ma’lumotga ko‘ra besh kishi halok bo‘lgan. RF mudofaa vazirligi oldinroq «Rossiyaga qarshi axborot xurujlariga chek qo‘yish maqsadida» Kiyevga zarba berilishi haqida ogohlantirgandi
Foto: Ukraina IIV / AFP / Scanpix / LETA
Hayvon o‘rgatuvchi Kirilo Trantin Kiyev hayvonot bog‘idagi filni tinchlantirmoqda. Foto: Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblastining Irpen shahri atrofidagi janglardan keyin temiryo‘lda yotgan rus askarlari jasadlari
Foto: Marcus Yam / LA Times / Getty Images
Slovakiyadagi ukrain qochqinlari. Foto: CTK Photo/TASS

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid