Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada uch nafar fuqaro aloqa kompaniyasi ofisiga hujum uyushtirdi
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida uch nafar fuqaro aloqa kompaniyasi ofisiga hujum uyushtirib, shoxobcha xodimiga tan jarohati yetkazishadi. U yerdan 5 million so‘mni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida 2022 yil 19 fevral kuni soat 00:17 da noma’lum shaxslar yuziga niqob taqib, pichoq bilan qurollanib, Oltiariq tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan uyali aloqa kompaniyasi dilerlik shoxobchasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirishadi.
U yerda bo‘lgan 21 yoshli T.Z.ga hujum qilib, unga pichoq tirab qo‘rqitishadi va tan jarohati yetkazib, shoxobchada bo‘lgan 5 million so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirinishadi.
Natijada T.Z. burun suyagining yopiq sinishi, burun sohasida shilingan jarohati bilan Oltiariq tuman tez tibbiy yordam markaziga murojaat qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 31 yoshli A.X., 30 yoshli E.O. va M.A.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan mazkur jinoyatni sodir etishda foydalangan narsa va buyumlar hamda jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan pullar evaziga sotib olingan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda yuqoridagi shaxslar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanishgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026