O‘zbekiston | 11:58 / 04.03.2022
11225
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘adi - «O‘zgidromet»

Bugun O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelmoqda. Respublika bo‘yicha quruq ob-havo kutiladi, havo harorati 20-23 daraja issiq, janubda va cho‘l hududlarida 25-27 daraja issiqqacha bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda kechga tomon yomg‘ir yog‘adi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, yakshanba kuni shimolda qorga aylanishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Havo harorati pasayadi va 5 martda kechasi 10-15 daraja iliqni, kunduzi 13-18 daraja iliqni, 6 martda kechasi 5-10 daraja iliqni, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

Iliq havoning jadal kirib kelishi, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayadi va chang kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid