Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada uch nafar fuqaro aloqa kompaniyasi ofisiga hujum uyushtirdi - IIV
2022 yil 19 fevral kuni soat 00:17 da noma’lum shaxslar yuziga niqob taqib, pichoq bilan qurollanib, Oltiariq tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Beeline” uyali aloqa kompaniyasi dilerlik shoxobchasiga g‘ayriqonuniy tarzda kirgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular u yerda bo‘lgan 21 yoshli T.Z.ga hujum qilib, unga pichoq tirab, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitgan hamda qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Bu shaxslar shoxobchada bo‘lgan 5 000 000 so‘m pullarni talon-toroj qilib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.
Natijada, T.Z. olgan tan jarohatlari bilan Oltiariq tuman tez tibbiy yordam markaziga murojaat qilib, unda tez tibbiy yordam markazidan berilgan ma’lumotnomaga ko‘ra “burun suyagini yopiq sinishi, burun sohasida shilingan jarohat” aniqlangani ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyat Oltiariq tumanida yashovchi 31 yoshli A.X., 30 yoshli E.O. va M.A. tomonidan sodir etilgani aniqlanib, ulardan mazkur jinoyatni sodir etishda foydalangan narsa va buyumlar hamda jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritgan pullar evaziga sotib olingan buyumlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda yuqoridagi shaxslar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026