Jahon | 19:00 / 10.03.2022
9445
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya qurolli kuchlari sonini oshiradi

Hukumat rejasiga ko‘ra, 2040 yilga borib mamlakat qurolli kuchlaridagi doimiy xizmatchilar soni 30 foizga – 80 ming kishigacha oshiriladi.

Foto: perthnow

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan choralar rejasini e’lon qildi.

«Avstraliyaliklar xavfsizligini saqlash hukumatimizning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun Avstraliyani himoya qila oladigan yanada yirik mudofaa kuchlari, ko‘proq askarlar, dengizchilar va uchuvchilar kerak bo‘ladi», deb ta’kidladi Morrison.

Avstraliya hukumati rejasiga ko‘ra, 2040 yilga borib mamlakat qurolli kuchlaridagi doimiy xizmatchilar soni 30 foizga – 80 ming kishigacha oshiriladi.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, qurolli kuchlarning ko‘paytirilishi 38 mlrd avstraliya dollariga (28 mlrd AQSh dollari) tushadi.

«Bir tugma bosish bilan armiya, flot va harbiy-havo kuchlarini ko‘paytirib bo‘lmaydi. Bo‘lajak tahdidlarga qarshi tura oladigan odamlarni o‘qitish kerak», - dedi Morrison.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid