Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda noodatiy bulutlar manzarasi paydo bo‘lganiga izoh berildi
Qashqadaryoda tropik mamlakatlarda uchraydigan bulutlar kuzatilgan. Bunga O‘zbekistonga janubdan kirib kelgan 2ta iliq oqim va nam havoning qo‘shilishi sabab bo‘lgan.
Qashqadaryo tabiati uchun bunday noodatiylik – iqlimshunos Erkin Abdulahatovning tushuntirishicha, 9 martda O‘zbekistonga janubdan 2ta iliq front kirib kelishi bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgargandan keyin janubdan issiq havo oqimlari kirib kelishi va nam havo natijasida bulutlar qatlamlarida oq fon – to‘yingan havo va qora fon – to‘yinmagan havo yuzaga kelib, noodatiy bulutlar manzarasini hosil qilgan.
“Bizning mintaqadagi iqlimiy sharoitdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, mart oyining birinchi 10 kunligida bunday hodisa bo‘lmasligi kerak edi. Bu bulutlar Qashqadaryo uchun noodatiy, kuzatilmagan, lekin tog‘larda bo‘lib turadi. Tog‘da yashaydigan aholi bunaqa turdagi bulutlarni ko‘p kuzatgan”, – dedi Abdulahatov.
Iqlimshunosning aytishicha, fanda mammatus degan bulut turi bor. Ular o‘zidan 100-150 kilometr radiusda juda ham kuchli tabiat hodisalari bo‘layotganidan darak beradi. Xuddi shunday Dehqonoboddagi chaqmoq vaqtida ham mammatus bulutlari Navoiyda paydo bo‘lgani qayd etilgan. Bundan tashqari, 2020 yil may oyida Namangan viloyatining Pop tumani Arashan kichik ko‘llar hududlarida ham bunday hodisa kuzatilgan.
“Mammatus bulutlar, asosan, tropik kengliklarda bahor-yoz oylarida kuzatilib, ular o‘zidan keyin yoki o‘sha payt yaqinroq hududlarda o‘ta kuchli shamollar bo‘layotganini anglatishi mumkin.
Arashandagi mammatus buluti Namangan viloyatining Chust tumanida o‘ta kuchli shamol bo‘layotgani belgisi sifatida namoyon bo‘lgan. Chunki o‘sha kuni Chust tumani ayrim hududlarida daraxtlar noodatiy shamol kuchi ta’sirida ildizi bilan qo‘porilib tushgan”, – dedi Gidrometerologiya markazi mutaxassisi.
Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida 3 kishini yashin urib, 1 nafari halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026