Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tijorat banklarida dollar sotuv kursi 11 000 so‘mga yetdi
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 11 mart, juma kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.
Foto: Kun.uz
Bir qator banklarda dollar olish 10 870 - 10 930 so‘mdan, sotish 11 000 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.
So‘nggi marta banklarda dollar kursi kecha, payshanba kuni jiddiy ko‘tarilgandi. 10 mart kuni 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 970 so‘mni tashkil qildi.
10 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 957 so‘m 36 tiyinni tashkil qildi.
Mavzuga oid
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
22:51 / 22.12.2025
Investorlar 2026 yilda ham dollar kursining pasayishini kutmoqda – OAV
16:02 / 05.12.2025
Soxta dollarni qanday aniqlash mumkin?
20:08 / 22.11.2025