Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tijorat banklarida dollar sotuv kursi 10 970 so‘mgacha ko‘tarildi
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 10 mart, payshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.
Foto: Kun.uz
Bir qator banklarda dollar olish 10 900 - 10 910 so‘mdan, sotish 10 970 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.
So‘nggi marta banklarda dollar kursi 7 mart, dushanba kuni jiddiy ko‘tarilgandi. O‘shanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 965 so‘mni tashkil qildi.
9 mart kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 918 so‘m 68 tiyinni tashkil qildi.
Mavzuga oid
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
12:22 / 30.04.2026
Aprel oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?
12:36 / 06.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush dollarga talabni yana oshirdi. Nega?
18:35 / 22.02.2026