Jahon | 14:51 / 12.03.2022
8495
1 daqiqa o‘qiladi

YouTube Rossiya hukumatiga qarashli OAV kanallarini bloklashni boshladi

Qayd etilishicha, YouTube Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus operatsiyasi» to‘g‘risidagi videolarni o‘chirishda davom etadi.

Foto: AP

YouTube Rossiyaning davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari kanallarini bloklashni boshladi. Bu haqda kompaniya bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.

«Bugundan boshlab Rossiyaning davlat tomonidan moliyalashtiriladigan YouTube kanallarini bloklaymiz», - deyiladi kompaniya bayonotida.

Qayd etilishicha, YouTube Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus operatsiyasi» to‘g‘risidagi videolarni o‘chirishda davom etadi.

Avvalroq Google Rossiyadagi reklama biznesini to‘xtatgandi. Keyinroq YouTube Rossiya auditoriyasi uchun monetizatsiya to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid