Jamiyat | 09:12 / 13.03.2022
15198
1 daqiqa o‘qiladi

Angrenda soy o‘zanida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent viloyati Angren shahrida FVB xodimlari soy o‘zanida qolib ketgan fuqaroni qutqardi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 11 mart kuni soat 15:20 da shahar hududidan oqib o‘tuvchi Qorabog‘soy soyida fuqaro S.J. kuchli yog‘ingarchilik natijasida soy o‘zanida qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni soy o‘zanidan olib chiqqan. Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tomonidan unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.

Mavzuga oid