Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya yanvarda Rossiyadan rekord miqdorda xomashyo sotib olgani ma’lum bo‘ldi
Buyuk Britaniya bir oy ichida Rossiyadan importni ikki baravarga ko‘paytirgan.
Buyuk Britaniya 2022 yil yanvarida – Ukrainada harbiy harakatlar boshlanishidan bir oy avval Rossiyadan umumiy qiymati 2,6 mlrd funt sterlingga teng xomashyo sotib olgan. Bu haqda Buyuk Britaniya milliy statistika boshqarmasiga tayanib Mail Online nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bu rekord summa hisoblanadi. Buyuk Britaniya bir oy ichida Rossiyadan importni ikki baravarga ko‘paytirgan (2021 yil dekabrda 1,3 mlrd funt sterling).
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalgi rekord 2020 yil dekabrda qayd etilgan — o‘shanda 1,4 mlrd funt sterlinglik xomashyo sotib olingan.
Mail Online aniqlik kiritishicha, Buyuk Britaniya yanvarda 911,5 mln funt sterlinglik yonilg‘i mahsulotlari sotib olgan. Jumladan, 32 mln funt sterlinglik ko‘mir, toshko‘mir koksi, yonilg‘i briketlari, 590,4 mln funt sterlinglik neft, 289,1 mln funt sterlinglik gaz.