Jamiyat | 16:14 / 13.03.2022
26891
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 14 mart kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

14 mart kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati 14 mart kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5,  kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

  • 13-16 mart kunlari respublika hududiga Erondan  iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasining kirib kelishi davom etadi. Shu kunlari respublikaning ko‘p qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid