Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkent viloyati ko‘chalari va xonadonlarni suv bosdi
So‘nggi kunlarda muntazam yog‘ayotgan yomg‘irlar tufayli Toshkent viloyatining qator ko‘chalarini suv bosdi. Ayrim tumanlarda esa xonadonlarga ham suv kirgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holatlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan nazoratga olinib, ularni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, Oqqo‘rg‘on tumani buyum bozori hududiga ham suv to‘planib qolgan.
Bundan tashqari, Olmaliq shahri "Oltin" MFY, Toshkent ko‘chasi, 16-uy oldiga va xonadon ichiga ham suv to‘lib qolgan.
Avvalroq, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tgan qismi sel ostida qolgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026