Foto: IIV YHXBB

Ma’lum qilinişiça, köp miqdordagi yoğingarçilik va ayrim hududlarga sel kelişi oqibatida M-39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Samarqand viloyati, Bulunğur tumani hududidan ötuvçi 1075-1077 kilometrlari oraliğida suv töplangan. Hozirda hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan zaruriy çoralar körilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, 15 mart kuni tunda va ertalab Jizzax va Samarqand viloyatining aksariyat hududlarida kuçli yomğirlar yoğgan. Oqibatda har ikki viloyatning toğli hududlarida sel oqmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyatining Ğallaorol, Baxmal, Zomin, Foriş va boşqa tumanlarida, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Nurobod, Qöşrabot tumanlarida sel oqmoqda.

Bundan taşqari, Samarqand şahrida 14 mart kuni tunda va 15 mart kuni tongda yoğgan yomğir tufayli şaharning bir qator hududlarida köçalarda tölib suv oqmoqda.

Avvalroq 12–13 mart kunlarida ham Samarqand va Jizzax viloyatlarida kuçli yomğir yoğişi oqibatida sellar oqqani haqida xabar berilgandi.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar