Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:59 / 16.03.2022
15287
1 daqiqa o‘qiladi
Kontrakt to‘lash muddati 1 aprelga qadar uzaytirildi
Uzaytirilgan to‘lov-kontrakt muddati OTMning bakalavr, magistratura talabalari, kollej va texnikum o‘quvchilari uchun amal qiladi.
Foto: Kun.uz
2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi, deb xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Ushbu muddat:
- to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
- to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Bungacha kontrakt to‘lash muddati 1 martga qadar uzaytirilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish