Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarda kontrakt to‘lovlari muddati 1 martga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 marti etib belgilandi.
Respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 marti etib belgilandi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar berdi.
Ushbu muddat quyidagilar:
- to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr), professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (kollej, texnikum)ga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.
Ta’kidlanishicha, qarorga kelinishida ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlari inobatga olingan.
Mavzuga oid
09:25 / 15.07.2026
2026 yilda OTMga qabul keskin oshirildi
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
14:36 / 25.06.2026
Samarqand viloyati hokimi o‘qituvchilarni ko‘cha nazoratchisiga aylantirishni buyurdi
12:17 / 22.06.2026