O‘zbekiston | 19:11 / 17.03.2022
6359
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda Kamazga urilgan Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Uning haydovchisi FVB xodimlari tomonidan qutqarilgan

Foto: IIB axborot xizmati

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 17 mart ertalab G‘uzor-Samarqand A-378 avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidan o‘tgan 139-kilometrida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Isuzu yuk mashinasi o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan Kamaz yuk mashinasi orqa qismidan urgan va yo‘l chetiga ag‘darilgan. Oqibatda Isuzu haydovchisi tan jarohati olib, mashina kabinasida qolib ketgan.

Shundan so‘ng, soat taxminan 7:53 larda bu haqda G‘uzor tuman FVBga xabar berilgan. Xabarga ko‘ra, qutqaruv xizmatidan 1 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilar Isuzu ichida qolib ketgan haydovchini maxsus texnik jihozlar yordamida olib chiqishgan va shifoxonaga jo‘natishgan.

Qayd etilishicha, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan amaliy va birinchi tibbiy yordam tufayli haydovchining og‘ir tan jarohati olishdan saqlab qolishgan.

Avvalroq, Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketgan, Sirdaryoda esa yo‘lovchi avtobusi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi metall to‘siq ustiga chiqib ketgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid