Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi
Haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida avtobus yo‘lni ajratib turuvchi metal to‘siqni pachoqlab, uning ustiga chiqib ketgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
IIV YHXBBning xabar berishicha, 2022 yil 14 mart kuni soat 14:30 larda, M-34 Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi 92-kilometrida yo‘lovchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
1990 yilda tug‘ilgan haydovchi J.R. «Golden Dragon» rusumli avtobusda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi metal to‘siqning ustiga chiqib ketgan.
Qayd etilishicha, avtobusda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Shu sababli hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan.
«Ushbu YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, tezlikni me’yordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Avvalroq M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan qismida yo‘lovchi avtobus yonib ketgandi. Bundan tashqari, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi avtobusi boshqaruvni yo‘qotib ag‘darilgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston falastinliklar uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda
O‘zbekiston | 22:47
-
Melaniya Tramp Hanter Baydendan 1 milliard dollar tovon puli undirish bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 22:45
-
Qozog‘iston aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi
Iqtisodiyot | 22:37
-
Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi
O‘zbekiston | 22:33
Mavzuga oid

13:59 / 11.08.2025
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

12:20 / 03.08.2025
Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

16:44 / 09.07.2025