Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiq suvni rejali o‘chirish jadvali e’lon qilindi
Toshkent shahrida 2022-2023 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, «Toshissiqquvvati» DUK 24 va 25 mart kunlari issiq suv bo‘yicha iste’molchilarni chegaralash bilan issiqlik tarmoqlarini hisoblangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazadi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 30 martidan 11 apreligacha, issiq suv bo‘yicha issiqlik iste’molchilarini chegaralamagan holda, issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va zichligi (yuqori bosimda) sinovdan o‘tkaziladi.
Quyidagi issiqlik markazlarini, bahorgi ta’mirlash ishlari munosabati bilan, to‘liq rejali to‘xtatish mo‘ljallanmoqda:
- 1-IM «Shimoli-Sharqiy» — 16 maydan — 20 maygacha;
- 2-IM «Qorasuv» — 23 maydan — 27 maygacha;
- 3-IM «G‘arbiy» — 9 maydan — 13 maygacha;
- 4-IM «Shimoliy» — 23 maydan — 27 maygacha;
- 5-IM «Chilonzor» — 16 maydan — 20 maygacha;
- 6-IM «Janubi-G‘arbiy» — 9 maydan — 13 maygacha;
- 7-IM «Aviasozlar» — 30 maydan — 3 iyungacha;
- 8-IM «Sergeli» — 30 maydan — 3 iyungacha;
- «Vodnik» — 9 maydan — 13 maygacha;
- «Sanoatenergo» — 30 maydan — 3 iyungacha;
- ToshIEM — 6 iyundan — 10 iyungacha.
Issiqlik manbalarining amal qilish hududlari manzillari ro‘yxati:



«Sanoatenergo» qozonxonasi ta’sir doirasida 6 aprel kuni issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.
4-IM issiqlik manbasining to‘xtatilishi davrida, 10-IM issiqlik manbasi ta’sir doirasida bo‘lgan manzillarda issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi. 5-IM issiqlik manbasining to‘xtatilishi davrida, 9-IM issiqlik manbasi ta’sir doirasida bo‘lgan manzillarda issiq suv ta’minoti bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
20:06
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026