Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi
2022 yil 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» 35,36 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Foto: Reuters
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2022 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,36 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, 34,42 mlrd dollar bo‘lgan. Raqamlar o‘tgan bir oyda O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 935 mln dollarga oshganini ko‘rsatmoqda.
Fevral oyi davomida oltinning fizik hajmi sezilarli miqdorda: 11,6 mln troya unsiyadan 10,9 mln troya unsiyaga ( taxminan 21,77 tonna), qiymati esa 20,77 mlrd dollardan 20,72 mlrd dollarga kamaygan. Bu jahon bozorida oltin narxlarining sezilarli darajada qimmatlashgani bilan izohlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1 unsiya 31,1 grammga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari 12,54 mlrd dollardan 13,52 mlrd dollarga yoki 983,2 mln dollarga oshgan.
Zaxiralar mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» ham hisoblanadi – ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur. Xalqaro tashkilotlarning tavsiyalariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan beri 221,4 mln dollarga yoki 0,6 foizga oshgan. Bunda oltin narxi yil boshidagi 1799,25 dollardan 1903,3 dollargacha o‘sishining ta’siri 1,1 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:36 / 19.12.2025
Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi
16:19 / 13.12.2025
Xorijdan pul o‘tkazmalari 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi
16:37 / 11.12.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
19:09 / 10.12.2025