Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati
2022 yil 18 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Kim Xi Sangni qabul qildi.
Ishonch yorlig‘i nusxasini topshirish marosimidan so‘ng vazir elchini O‘zbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda O‘zbekiston-Janubiy Koreya maxsus strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va O‘zbekistonda koreys diasporasi tashkil topganining 85 yilligini nishonlash bo‘yicha «O‘zaro almashinuv yili» doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
12:41 / 28.11.2025
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
18:07 / 27.11.2025
Prezident 7 ta davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
13:24 / 18.11.2025