Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada rossiyaparast partiyalar faoliyati to‘xtatildi
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) harbiy holat rejimi davrida Rossiya bilan aloqador bo‘lgan har qanday siyosiy partiyalar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda videomurojaati vaqtida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Taqiqlangan partiyalar ro‘yxatidan quyidagilar o‘rin olgan:
- «Muxolifat platformasi — Hayot uchun» (Viktor Medvedchuk partiyasi)
- «Shariy partiyasi»
- «Nasha Ukraina» (Viktor Yushchenko partiyasi)
- «Muxolifat bloki» (Yuriy Boyko partiyasi)
- «So‘l muxolifat»
- «So‘l kuchlar ittifoqi»
- «Derjava»
- «Ukraina progressiv sotsialistik partiyasi»
- «Ukraina sotsialistik partiyasi»
- «Sotsialistlar»
- «Vladimir Saldo bloki».
«Siyosatchilarning bo‘linish yoki bosqinchilar bilan hamkorlikka yo‘naltirilgan har qanday faoliyati muvaffaqiyatga erishmaydi, aksincha keskin javob oladi. Har bir kishi davlatchilik manfaatlari, Ukraina manfaatlari haqida qayg‘urishi kerak. Biz uchun, hayot uchun», — degan Zelenskiy.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026