Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yarim milliondan ortiq oila muhtojlar toifasidan chiqarildi
O‘zbekistonda qisqa davr ichida yarim milliondan ortiq oila muhtojlar toifasidan chiqarildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida aytib o‘tdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi. Buning hisobiga 59 mingta investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi 2,5 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga munosib hissa qo‘shdi”, dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmatsevtika, elektrotexnika, kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati va boshqa ko‘plab sohalardagi qayta ishlash darajasi sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqildi hamda eksportning yillik hajmlari salkam 20 milliard dollarga yetkazildi.
“Ikki yil avval mamlakatimiz tarixida birinchi marta kambag‘allikni bartaraf etishni Hukumat siyosatining asosiy maqsadlaridan biriga aylantirdik. Ushbu yo‘nalishda alohida Strategiya qabul qilinib, Kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi. Natijada, qisqa davr ichida yarim milliondan ortiq oilani muhtojlar toifasidan chiqarishga erishdik”, dedi prezident.
Mavzuga oid
13:38 / 19.01.2026
Xitoy iqtisodiyoti 2025 yilda 5 foizga o‘sdi
12:15 / 29.12.2025
Vingroup O‘zbekistonda shaharsozlik va turizm loyihalarini o‘rganmoqda
15:32 / 24.12.2025
«Treyderlik katta soha, nojoiz instrumentlar ham bor»: aksiyalar bozori haqida ekspert bilan suhbat
09:21 / 23.12.2025