Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘quvchi qiz bayram tadbiri paytida vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktablardan birida Navro‘z bayrami tadbirlarida qatnashib turgan qizning qo‘qqisdan yiqilib vafot etgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan XTV axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan qiz 2005 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Mirishkor tumanidagi 33-maktabning 10-sinfida tahsil olgan.
U bolaligidan tutqanoq (epilepsiya) bilan xastalangan bo‘lgan. O‘quvchining hushidan ketish holati kuzatilgan vaqtida maktab ma’muriyati tomonidan shoshilinch tez tibbiy yordamga murojaat qilingan.
«Hozirda tegishli organlarning mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi XTV axborot xizmati munosabatida.
Mavzuga oid
15:32 / 25.05.2026
Toshkentda o‘quvchini urgan o‘qituvchiga oid jinoyat ishi tugatildi
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
10:22 / 06.03.2026