Jahon | 16:51 / 25.03.2022
7832
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada YeIga neft eksportini ko‘paytiradi

Kanada neft yetkazib berish hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Foto: Picture Alliance

Kanada Yevroittifoq Rossiya energiyasi importidan tezroq voz kechishi uchun neft eksportini 5 foizga ko‘paytiradi. Bu haqda Kanada tabiiy resurslar vaziri Jonatan Uilkinson ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar "Kanada sanoati neft va gaz eksportini kuniga 300 ming barrelga oshirish imkoniyatiga ega".

Qayd etilishicha, Kanada neft yetkazib berish hajmi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Shu bilan birga, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoq Vashington bilan energetik hamkorlikka tayyorligini aytdi.

Hozirda YeI 40 foiz gazni Rossiyadan import qiladi. 

23 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “do‘st bo‘lmagan davlatlar”ga gaz faqat rublda sotilishini e’lon qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid