Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi
Qozog‘iston musulmonlari idorasi 2022 yildagi Ramazon oyi 2 apreldan boshlanib, 2 mayga qadar davom etishini e’lon qildi. Qozog‘iston tarafi bu qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi bilan kelishuv asosida qabul qilinganini bildirdi.
Bu haqda, bugun, 25 mart kuni Nursulton shahrida mamlakat bosh muftiysi Navro‘zbay Tag‘anuli raisligida o‘tkazilgan Qozog‘iston musulmonlari idorasi prezidium yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Qozog‘iston muftiysining o‘rinbosari, shariat va fatvo bo‘limi boshlig‘i Sansizbay Qurbon o‘g‘lining ma’lum qilishicha, Ramazon oyining boshlanishiga doir qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston muftiyatlari bilan kelishuv asosida qabul qilingan.
Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston muftiyati Ramazon hayiti 2 may sanasida nishonlanishini ma’lum qilgan.
Hozircha O‘zbekiston musulmonlari idorasi ushbu xabar yuzasidan izoh bermadi.
Joriy yil 15 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qozog‘iston va Qirg‘iziston ulamolari ishtirokida Ramazon oyi hilolini kuzatishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tganini xabar bergan edi.
Mavzuga oid
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
09:36 / 14.02.2026
Qozog‘istonlik sportchi Olimpiada-2026da oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:07 / 12.02.2026
Qozog‘istonda Konstitutsiyani yangilashmoqchi. Bu To‘qayevning hokimiyatini mustahkamlashi mumkin
18:44 / 11.02.2026