Hazorasp tumani hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar bilan ushlandi
Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari jinoyat ustida ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Hazorasp tuman hokimining o‘rinbosari U.A. mansab mavqeyidan foydalanib Qirtepa mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berish evaziga fuqaro I.dan 12 000 dollar talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi
21:10 / 20.09.2024