Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlari o‘zaro tan olindi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar o‘zaro tan olindi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat chegarasidan o‘tish vaqtida O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolari o‘z davlatlarida emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lsa, PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari shart emas.
Ma’lum qilinishicha, barcha sertifikatlar QR-kodiga ega bo‘lishi kerak.
Bundan oldin O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida emlanganlik sertifikatlarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuvga erishilgandi.
Tomonlar qonunchiligiga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan berilgan COVID-19 virusiga qarshi emlanganlikni tasdiqlovchi rasmiy sertifikatlarni o‘zaro tan oladi.
Tomonlar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat egasiga davlatlari hududiga COVID-19 virusi tarqalishi oldini olishga qaratilgan cheklovlarsiz kirishni kafolatlaydi.
Mavzuga oid
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
18:47 / 18.06.2026