Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada gazdan boshqa mahsulotlarni ham rublga eksport qilish taklif etildi
Vyacheslav Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida "to‘lovni rublda amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor".
Rossiya davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiya valutasiga eksport qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirishga chaqirdi.
U nafaqat gaz, balki o‘g‘itlar, bug‘doy, neft, ko‘mir, metallar va yog‘och mahsulotlarini ham rubl evaziga eksport qilish taklifi bilan chiqdi.
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida "to‘lovni rublda amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor".
"Avvalroq o‘ylash kerak edi. Ular dollar va yevroga ishonch susayishi, Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda bu valutalardan voz kechishi uchun barchasini qilishdi. Gaz olmoqchi bo‘lsangiz – rubl toping", - dedi u.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham shunga o‘xshash bayonot bilan chiqqan, YeIning gaz uchun rublda to‘lov qilishni rad etganiga javoban "To‘lov bo‘lmasa – gaz ham bo‘lmaydi" degandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23 mart kuni Rossiya gazining “do‘stona bo‘lmagan davlatlar”ga eksporti uchun to‘lov rublda amalga oshirilishini ma’lum qilgandi.
Germaniya energetika vaziri Peter Altmayyer G7 mamlakatlari Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lash talabini rad etishini bildirdi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026