Jamiyat | 20:52 / 30.03.2022
41002
1 daqiqa o‘qiladi

“Tulporimni 300 millionga sotmaganman” - otlar ishqibozi

Bir necha yuz ming dollarga baholanadigan otlar ham bor, yaqinda vodiyda bitta ot 250 ming dollarga sotildi, deydi navoiylik otchopar Abbos Aminov. Uning tushuntirishicha, tulpor bunaqa darajaga chiqishi uchun yillar davomida unga mehr berilishi, o‘z navbatida ot ham ko‘plab ko‘pkarilarda o‘z chempionligini isbotlashi kerak. Otlar ishqibozi bilan suhbatni “Manzil”da tomosha qiling.

Yaqinlarimiz 10-20 ming, hatto 40-50 mingga mashina olgani haqida eshitib qolamiz. Ulovning xarakteristikasi, qaysi brendga tegishliligiga qarab bundan qimmatroqqa ham olish mumkin. Lekin kimdir minadigan otni 250 yoki 500 ming dollarga sotib olibdi desa, ko‘pchiligimiz hayratlanishimiz tabiiy.

Navoiylik otchopar Abbos Aminov “Manzil” loyihasi bilan suhbatda tulporlar tarbiyalashda nimalarga e’tibor berilishi, eng zo‘r mashinalardan-da qimmatroqqa baholanadigan otlar yetishtirishda qanday mehnat sarflanishi haqida bilib oldi.

Qiziqarli suhbat davomida tulporlar qanchalik aqlli ekani, uloqda yutqizgan ot qanday holga tushishi haqida ham bilib olasiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Mavzuga oid